Elektron pochta
Xurmatli foydalanuvchilar!
Milliy kutubxona portalida virtual-ma'lumot xizmati (VMX) yangi "Resurslar manbai" sahifasini ochdik, bu yerda siz barcha qiziqtirgan savollaringizga javob topasiz. Ma'lumotnoma-axborot xizmatlari ko'rsatish xizmati xodimlari sizga, aniq mavzuga doir adabiyotlarni tanlashda yordam beradi. Agarda siz ilmiy ish yoki diplom ishi, ma'ruza yoki maqola, kurs ishi yoki referat yozayotgan bo'lsangiz qidiruvni qanday boshlashni va qanday adabiyotlarni yoki maqolalarni tanlashni bilmayotgan bo'lsangiz sizga malakali bibliograflar yordam beradi.
So'ralgan ma'lumotni qidirish uchun bibliografga ma'lum vaqt kerak bo'ladi, shuning uchun 2-3 kuni oralig'ida javob jo'natiladi.
Ammo, savol jo‘natishdan oldin “Resurslar manbai” sahifasini ochib ko‘ring, balki bu mavzu bo‘yicha so‘roqlar bo‘lgandir. Bu yerda foydalanuvchilardan kelgan turli xil savollarga javoblar yig‘ilgan.
Namuna:
- Assalomu aleykum! Menga “Qadimiy va navqiron Toshkent” mavzuidagi adabiyotlar kerak.
- Men “Avesto” haqida referat yozmoqchiman.
- Men she’r mulkining sultoni Alisher Navoiy haqida ma’lumotlar yig‘ayapman (hayoti va ijodi haqida).
- Salom! Men “Xalqaro diplomatik aloqalar” mavzuida ma’ruza tayyorlayapman. Qanday adabiyotlardan foydalansam bo‘ladi?
- Xayrli kun! Iltimos, “Sohibqiron Amir Temur hayoti va ijodi” mavzuidagi adabiyotlarni tanlashga yordam bersangiz. Oldindan rahmat!
Ammo, savol jo'natishdan oldin "Ko'p beriladigan savollar" sahifasini ochib ko'ring, balki bu mavzu bo'yicha so'roqlar bo'lgandir. Bu yerda foydalanuvchilardan kelgan turli xil savollarga javoblar yig'ilgan.